Angliya banki (Bank of England) Britaniya iqtisodiyotiga qo’shimcha 25 mlrd. £ (42 mlrd. $) mablag’ kiritishga qaror qildi.

bank_of_england_log

Bu bilan u bozorga kiritgan qo’shimcha mablag’larni umumiy miqdorda 200 mlrd. £ ga oshiradi. Qo’shimcha aktivlar savdosi keyingi uch oy ichida amalgam oshiriladi. Bu esa o’z navbatida o’tgan davrga nisbatan sekinroq amalga oshishini bildiradi.

————————————————————————————-

Britaniya hukumati Royal bank of Scotland va Lloyds Banking Group ga yordam paketlarini o’zgartirdi. RBS hukumatning sug’urta sxemasida qoladi, ammo kamroq aktivlar qoplanadi va u ilk yo’qotishlarning katta ulushini o’z zimmasiga oladi. LBG esa endi hukumat sug’urta sxemasiga qo’shilmaydi va o’zining asosiy kapitalini 21 mlrd. £ (34 mlrd. $)ga oshiradi, jumladan 13,5 mlrd. £ miqdorda aksiya chiqaradi.

————————————————————————————-

CIT, kichik biznesni kreditlash bilan shug’ullanuvchi Amerika kompaniyasi, qayta tashkillashtirish rejasi ostida bankrotlikdan himoyalanish maqsadida rasmiy talabnoma bilan chiqdi. Bu reja kompaniyaning aksariyat aksiyadorlari tomonidan qo’llab-quvvatlandi. Bu harakat ko’pchilik tomonidan tahmin qilingan edi, chunki u 30 mlrd. $ lik qarzi borasida kurash olib borayotgan edi. yuqoridagi harakat esa bu qarzning uchdan birini qisqartirishga yordam beradi. Kompaniya o’tgan yili 2,3 mlrd. $ miqdorida yordam puli olgan edi. Hozirda esa bu pullarning qaytarilishi juda qiyin muammodir.

————————————————————————————-

Hindiston o’zining xalqaro zaxiralarini diversifikatsiya qilish maqsadida oktabr oyi mobaynida Xalqaro Valyuta Fondining 200 tonna oltinini sotib oldi. Bu bilan u jahonning yirik oltin-saqlovchi mamlakatlar o’nligiga kirishga musharraf bo’ldi. Buning natijasi o’laroq, jahon bozorida oltinning narxi yana ko’tarildi, uningnraxi 1 100$/troya unsiyasi miqdoriga yetdi.

gold_holders_top10

————————————————————————————-

General Motors direktorlar kengashi o’zining Yevropadagi qo’li bo’lgan Opel kompaniyasini Magna (avtomobil qismlari ta’minotchisi) va Sberbank (Rossiyaning yirik banki)ga sotish haqidagi qarorini bekor qildi. Nemis hukumati bilan sentabr oyida bo’lib o’tgan muzokaralardan so’ng GM kompaniyasni sotishga rozi bo’lgandi. Bundan so’ng Yevropa nazoratchilari konsernlar o’rtasidagi kelishuvni ko’rib chiqishini bildirgan edi. Ular unumdor zavodlar xarajati evaziga nemis ishchilari o’z ish o’rinlarida qolishini muhokama qilishni taklif qilgandi. GM “biznes muhit yaxshilanayotganligi” uchun Opel ni o’zida saqlab qolmoqchi. Uning qarori Germaniyada kuchli norozilikni keltirib chiqardi.

————————————————————————————-

GM va Ford oktabr oyida mashina savdosi ancha yaxshilanganini ma’lum qildi. Ford yana choraklik 1 mlrd. $ foyda olganini va to’rt yildan beri ilk marta Shimoliy Amerika bo’limida operativ foydaga erishganini ham ma’lum qildi. Toyota ning sof foydasi to’satdan tushib ketdi, ammo kutilganidan ko’ra yaxshiroq natija ko’rsatdi. Ford va Toyota o’zlarining kelajaklarini o’zgartirmoqda…

————————————————————————————-

Uorren Baffet(Warren Buffet)ning Berkshire Hathaway investitsiya kompaniyasi anchadan beri qo’lga kiritishni orzu qilib yurgan Burlington Northern Santa Fe kompaniyasining qolgan katta qismini sotib olmoqchi. Kelishuv 44 mlrd. $ miqdorida baholandi va bu Janob Baffetning shu paytgacha qo’lga kiritgan eng katta yutug’idir. BNSF 150 yil davomida ko’p sonli temiryo’l kompaniyalarining qo’shilishi natijasida shakllangan. Yuk tashish haqi stavkalari va hajmi birmuncha kamaygan, lekin Janob Baffet o’zining bu haridini “AQSH iqtisodiy kelajagi uchun tikilgan pul” deya ta’kidlamoqda.

Manba: “The Economist” jurnali, Noyabr 7-13, 2009