openofficemouse_2

WarMouse kompaniyasi bepul ofis paketlarini ishlab chiqaruvchi – OpenOffice bilan hamkorlikda ajoyib kompyuter sichqonchasini yaratdi. U OpenOfficeMouse deb nomlanadi va OpenOffice paketida ishlash uchun moslashtirilgan.

Bu sichqonchaning asosiy xususiyati – boshqaruvchi tugmalarning ko’pligidir. Bunday tugmalarning soni 18 ta. Ularning har biri uchun bir va ikki marta bosish funksiyasi aniqlangan.

Bu sichqonchada yana bir paytning o’zida ham rolik ham tugma vazifasini o’tovchi g’ildirak mavjud. Bundan tashqari unga yana 16 ta buyruqni bajaruvchi joystik ham joylangan.

OpenOfficeMouse kompyuter bilan sim yordamida ulanadi. Undagi qabul qiluvchi va uzatuvchi qurilma (datchik) diapazonini 400-1600 nuqta/dyum oraliqda o’rnatish mumkin. Sichqonchaning tahmin qilinayotgan narxi – 75 dollar. Lekin, bu sichqonchalarning savdoga chiqish vaqti hali ma’lum emas.

Sichqonchada tugmalarning ko’p bo’lishi, albatta, yomon emas. Ammo, bunday sichqonchalarning kelajagi haqida gapirish qiyin. Masalan, Microsoft tomonidan ishlab chiqiladigan kelajak sichqonchalarida umuman tugmalar mavjud emas. Apple esa, allaqachon tugmasiz sichqoncha ishlab chiqishni boshlab yuborgan.

09.11.2009

Manba: www.hi-tech.mail.ru